O‘ZBEKCHA

Loyiha haqida

retrofon.uz — eski Nokia telefonlaridagi o‘yinlarning brauzer uchun qayta yaratilgan versiyalari. Yuklab olish shart emas: ochasan va o‘ynaysan.

Nega

Bounce, Snake, Space Impact — ko‘pchilik uchun bu shunchaki o‘yinlar emas, bolalikning bir bo‘lagi. Eski telefonlar yo‘qolib ketdi, o‘yinlar esa esda qoldi. retrofon.uz ularni aslidagidek his qilib, bugungi ekranlarda qaytaradi.

Qanday ishlaydi

  • Har bir o‘yin o‘z manzilida yashaydi, masalan bounce.retrofon.uz. Telefonda ham, kompyuterda ham brauzerdan ochiladi.
  • O‘yin sahifasidagi «Ilovani o‘rnatish» tugmasi uni ilova sifatida qo‘shadi. O‘rnatilgan o‘yin oflayn ham ishlaydi.
  • Rekordlar va ochilgan bosqichlar shu qurilmada saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish yo‘q, hisob yo‘q.
  • Fizika va bosqichlar asl o‘yinga yaqin qilib qayta yozilgan; yangi boblar esa o‘sha ruhda davom etadi.

O‘yinlar

  • BouncePlatformer · Rangli klassikaTayyor
  • SnakeArkada · Yashil ekranTez kunda
  • Space ImpactShooter · Kosmik nostalgiyaTez kunda
  • ShashkaStol o‘yini · Klassik strategiyaTez kunda

Huquqiy eslatma

retrofon.uz — mustaqil muxlislar loyihasi. Nokia, Bounce, Snake va Space Impact nomlari o‘z egalariga tegishli savdo belgilari; loyiha ular bilan bog‘liq emas va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi.